Futbol tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer e’lon qilindi

Sport

image

Angliyaning “Goal” nashri futbol tarixidagi eng qimmat 100 ta transfer ro‘yxatini e’lon qildi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yili Neymar Juniorning 222 million yevro evaziga “Barselona”dan PSJga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lgan.

Albatta, Fransiyaning PSJ klubiga qatarlik shayxlar egalik qilishi ommaga ma’lum. Ko‘pchilik arablarni futboldagi narxlarning keskin oshib ketishiga sababchi sifatida ko‘radi. 

XXI asrning ortda qolgan ikkita dekadasining eng omadli va sovrindor jamoalaridan biri “Barselona” hisoblandi. Biroq hozirgi kunda Kataloniya klubi og‘ir moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. Chunki “ko‘k anorranglilar”ning amalga oshirgan yirik transferlari o‘ta omadsiz chiqqan. Ya’ni, faqatgina kuchli o‘ntalikning o‘zidan “Barsa” amalga oshirgan 3 ta xarid joy olgan va ularning har biriga 100 million yevrodan ko‘proq pul sarflangan. Bunday “kosmos” narxdagi “shopping”lar o‘zini oqlamagach, “Barselona” iqtisodiy tomondan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Zamonaviy futbol sport turi bo‘lishi bilan bir qatorda mo‘may pul keltiradigan biznes maydoniga aylandi. Shunday ekan futbol funksionerlari millonlab pullarni sarflagan o‘yinchilar o‘zini namoyish qila olmasa, biznes darz ketishi mumkin. 

Futbol tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer bilan tanishing:

1. Neymar  (“Barselona” –  PSJ  2017) – 222 million yevro (transfer miqdori);

2. Kilian Mbappe  (“Monako” –  PSJ  2017) – 145 million yevro (+35 million yevro bonus)

3. Juan Feliks (“Benfika” – “Atletiko Madrid”  2019) – 126 million yevro;

4 Filipe Koutino (“Liverpul” – “Barselona”  2018) – 120 million yevro (+40 million yevro);

=4. Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid” – “Barselona”  2019) – 120 million yevro;

6. Jek Grilish (“Aston Villa” – Manchester Siti  2021) – 117 million yevro;

7. Romelu Lukaku  (“Inter” – “Chelsi” 2021) – 115 million yevro;

8. Usman Dembele  (“Borussiya Dortmund” - Barselona  2017) – 105 million yevro (+45 million yevro)

=8. Pol Pogba  (“Yuventus” – “Manchester Yunayted” – 2016) 105 million yevro;

10.  Garet Beyl  (“Tottenxem” – “Real Madrid” – 2013) – 100,8 million yevro.

Avvalroq, “Transfermarkt” portali dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublarini e’lon qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

590

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing