Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari ma’lum qilindi

Sport 7772
image

Germaniyaning “Transfermarkt” portali Angliyaning “Manchester Siti” klubini dunyoning eng qimmat tarkibga ega jamoasi deya e’tirof etdi. “Shaharliklar” tarkibidagi futbolchilarning umumiy narxi 1,13 milliard yevroga baholangan.

Fransiyaning amaldagi chempioni PSJ esa 888,95 million yevrolik narx bilan ikkinchi pog‘onada qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni “Manchester Siti”ning asosiy raqibi “Liverpul” egalagan. Yurgen Klopp shogirdlarining transfer qiymati 884,50 million yevroni tashkil qiladi.

E’tiborlisi shundaki, Ispaniyaning ikkita grand jamoasi “Real Madrid” va “Barselona” kuchli uchlikdan joy olmagan.

Dunyoning eng qimmat tarkibga ega 10 ta jamoasi bilan tanishing:

1. “Manchester Siti” (Angliya) – 1,13 milliard yevro (jamoadagi futbolchilarning umumiy transfer qiymati);

2. PSJ (Fransiya) – 888,95 million yevro;

3. “Liverpul” (Angliya) – 884,50 million yevro;

4. “Real Madrid” (Ispaniya) – 873 million yevro;

5. “Bavariya” (Germaniya) – 859,10 million yevro;

6. “Tottenxem” (Angliya) – 758,80 million yevro;

7. “Chelsi” (Angliya) – 729,70 million yevro;

8. “Arsenal” (Angliya) – 698,20 million yevro;

9. “Barselona” (Ispaniya) – 690,20 million yevro;

10. “Manchester Yunayted” – 680,30 million yevro.

Avvalroq, O‘zbekistonning eng qimmat futbol klublari haqida xabar berilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 161
Reyting: 3.1
t
×