200 000 so‘mlik banknot nega chiqarildi? MB raisi javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Markaziy banki 200 ming so‘mlik banknotni inflyatsiya sabab emas, odamlarga qulaylik yaratish maqsadida rejalashtirilgan vaqtdan ilgariroq muomalaga chiqargan. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurotov bugun, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Odamlar orasida 200 ming so‘mlik chiqdi, ammo bu bilan inflyatsiyani to‘xtatib bo‘lmaydi degan gaplar tarqalmoqda. Biz 200 ming so‘mlikni inflyatsiyani to‘xtatish uchun yoki bankomatlar uchun chiqarganimiz yo‘q, 200 ming so‘mlikni chiqarganimizdan asosiy maqsad odamlarga qulaylik yaratish. Ya’ni umume’tirof yetilgan naqd pulning o‘zining qoidalari bor. Eng yirik banknota o‘rtacha oylikning kamida 30-40 foizga teng bo‘lishi kerak. Ayrim davlatlarda 50 foiz”, deydi Markaziy bank raisi.

Bundan tashqari, Mamarizo Nurmurotovga ko‘ra, pul chiqarishda aholining o‘rtacha xarid summasi ham inobatga olingan. Shuningdek, mamlakat hududida jami muomaladagi banknotlar miqdori hisoblab chiqilgan. Shu sabab 200 ming so‘mlik banknotni muddatdan ilgariroq chiqarilgan.

“Biz muomaladagi jami banknotalari sonini ham monitoring qilib boramiz. Naqd pul banknotalari soni ikki yil avval jon boshiga 370 donaga to‘g‘ri kelar edi. Bugun esa bu sonni 70 dona atrofiga tushirdik. Bundan maqsad odamlarga qulaylik yaratish. Chegaralash yoki boshqa maqsadlar yo‘q”, deydi Markaziy bank raisi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyulidan boshlab O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 200 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarildi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan naqd pullar miqdori 40 trln 512 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Milliy valyutadagi pul massasi miqdori o‘tgan oyga nisbatan qariyb 5,4 trln so‘mga ko‘paygan va 113,6 trln so‘mga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

200 ming so'mlik pul

Baholaganlar

1017

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar