20 yildan so‘ng “Nyukasl” Yevropaning asosiy futbol turniriga yo‘llanma oldi

Sport

−

image

“Nyukasl” so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Angliyalik mutaxassis Eddi Xou murabbiyligidagi jamoa Angliya chempionatining 37-turida “Lester” bilan durang o‘ynadi (0:0).

“Magpiylar” bu mavsum APLda 70 ochko to‘pladi va 4-o‘rindan pastga tushmadi. “Manchester Yunayted” 36 o‘yindan so‘ng 69 ochkoga, “Liverpul” esa 37 o‘yindan keyin 66 ochkoga ega.

“Nyukasl” 2002/2003 yilgi mavsumdan beri ilk bor Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. 

2003/2004 yilgi mavsumda “Nyukasl” YeCHLning 3-saralash bosqichida o‘ynab, guruh bosqichiga chiqa olmagandi. O‘sha mavsumda klub UEFA kubogining yarim finaliga chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing