20 yoshli qizni fohishalik uchun Dubayga pullamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkentda o‘z tengdoshini Dubayga sotmoqchi bo‘lgan yigit to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Bildirilishicha, Angren shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan yigit A.R. o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz S.T.ga mo‘may daromad va’da qilib, Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Dubayga aldov yo‘li bilan yuborilayotgan qiz Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolinib, yigit ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Surishtiruv davomida yigit qizni Dubayga jo‘natish evaziga o‘sha yerda yashovchi ayoldan 2 ming dollar olgani ma’lum bo‘lgan. Ayni vaqtda qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda 10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamalgandi.

Maftuna Madaminova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing