20 kishi psixotrop dorilardan zaharlandi, uch kishi o‘ldi

3-sahifa

image

Astraxanda uch kishi metadon (sintetik dori vositasi)dan zaharlanish oqibatida qurbon bo‘ldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib, TASS xabar berdi. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi metadondan zaharlanish oqibatida vafot etgan”, deydi agentlik suhbatdoshi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 17-20 noyabr kunlari S.M.Kirov nomidagi 3-sonli shahar klinik shifoxonasiga giyohvandlik va psixotrop preparatlardan zaharlanish belgilari bilan 19 nafar bemor yotqizilgani haqida xabar bergan. Shifoxonada dori vositalaridan zaharlangan 17 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, 11 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. 

Ichki ishlar vazirligi 20 kishi giyohvand moddalarni iste’mol qilish oqibatida zaharlangani haqida xabar berdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228.1-moddasi 3-qismi “a” bandi). Ulardan ikki nafari giyohvand moddalar sotganini tan oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing