20 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
14 avgust 2019 5501 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmondan maqsad – turizm sohasida amalga oshirayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turistik infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal qilish orqali respublikaga kelayotgan xorij fuqarolari oqimini ko‘paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorida milliy turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish, turizm sohasi kadrlar salohiyatini kuchaytirish hamda 2019-2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga tatbiq qilish.
Yangi farmonga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan yana 20 davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yiladi. Quyida ularning ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:
1. Antigua va Barbuda
2. Barbados
3. Beliz
4. Grenada
5. Dominikan Respublikasi
6. Meksika Qo‘shma Shtatlari
7. Gvatemala Respublikasi
8. Gonduras Respublikasi
9. Kosta-Rika Respublikasi
10. Kuba Respublikasi
11. Nikaragua Respublikasi
12. Panama Respublikasi
13. Trinidad va Tobago Respublikasi
14. El-Salvador Respublikasi
15. Sent-Vinsent va Grenadin
16. Sent-Lyusiya
17. Bagamskix Orollari Hamdo‘stligi
18. Dominika Hamdo‘stligi
19. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
20. Yamayka
Live
Barchasi