20 avgustdan buyum bozorlari ishga tushadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 avgustidan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi.

Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Televideniye va radioda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘paytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

“Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz. Men bunga qat’iy ishonaman”, deya ta’kidladi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

bozor karantin

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing