2 yil turmada internet firibgarligi bilan shug‘ullangan mahkum aniqlandi
Olam
−
01 aprel 2023 20259 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasining Olmaota viloyatidagi axloq tuzatish koloniyalardan birida mahkum ikki yildan ortiq vaqt davomida internet firibgarligi bilan shug‘ullangani aniqlandi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” nashri xabar berdi.
Respublika prokuraturasiga ko‘ra, 2020 yilning iyunidan 2023 yilning yanvarigacha mahkum 25 million tengedan (55,8 ming dollar) ortiq miqdorda 200 ta firibgarlik harakatini sodir etgan.
Undan 2 dona uyali telefon va 41 dona sim-karta musodara qilingan.
Shuningdek, axloq tuzatish muassasasi xodimlariga nisbatan “Xizmatdagi burchni suiste’mol qilish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr