2 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan sobiq IIB xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Kecha, 24 avgust kuni Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi 36 yoshli Toxirxo‘ja A. Cobalt rusumli avtomobilida piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgani, natijada qizaloq shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.  

Joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent shahar IIBB va OAV orqali YHXB sobiq xodimi mast holatda Yunusobod tumanida ona-bolani avtomashinada urib YTH sodir qilganligi to‘g‘risida axborot berilgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 24 avgust kuni T.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, voyaga yetmagan piyoda 2 yoshli T.Ch., shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgani bois jinoyat ishi JKning 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish)ga qayta malakalangan. 

Hozirda haydovchi T.A.,  jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing