2 viloyatda chiqindi yig‘ish narxi qimmatladi

Jamiyat

image

Toshkent va Surxondaryo viloyati hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 82 880 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori belgilangan. 

Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida esa jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 000 so‘m (QQSsiz) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 122 219 so‘m (QQSsiz) miqdorida to‘lov tasdiqlandi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil aprel oyida Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari 1 kishiga oylik 4 500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70 000 so‘m etib belgilangandi. Toshkent viloyatining jami 22 ta shahar va tumanlarida esa 2023 yil noyabrda ushbu xizmat uchun narx jismoniy shaxslarga oylik 4400 so‘m va yuridik shaxslarga esa 61 000 (68 320 QQS bilan) so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Surxondaryo chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing