2 mlrd so‘mlik qalbaki aroq ishlab chiqargan sex aniqlandi
3-sahifa
−
12 Sentabr
5332Toshkent viloyatidagi zavodda ishlab chiqarilgan 2,3 mlrd so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M34-sonli avtoyo‘lda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. Isuzu rusumli yuk avtomashinasida Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “A-Sh.” MCHJda ishlab chiqarilgan 4 232 dona “QR-kod” markirovkasi qalbaki bo‘lgan alkogol mahsulotini MCHJ rahbari M.O.ning topshirig‘iga asosan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng departament tezkor tadbirni davom ettirib, “A-Sh.” MCHJning ishlab chiqarish sexi va omborxonasini ko‘zdan kechirganda umumiy bahosi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki “QR-kod” markirovkali 47 673 dona alkogol mahsuloti, 100 ming dona muomaladan chiqarilgan aksiz marka va 110 ming dona qalbaki “QR-kod” markirovkalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasining xulosasiga ko‘ra, “A-Sh.” MCHJdan olingan aksiz markalar 2021 yilda ishlab chiqarilganligi, ya’ni hozirda realizatsiya qilish taqiqlanganligi qayd etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 mlrd so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilgan edi.
LiveBarchasi