2 kunda 10 kishi is gazidan zaharlandi, 2 nafari halok bo‘ldi

Jamiyat

image

9-10 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati va Nukus shahrida is gazidan zaharlanish yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

9 noyabr kuni soat 07:30 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bog‘dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Shuningdek, 10 noyabr kuni soat 13:00 larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘i qo‘lbola usulda yasalgan isitish qozini o‘chog‘iga ulangan tabiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar. 

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar teshkiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura is gazi

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing