19 yoshli yigit Oq uyga yuk mashinasida bostirib kirishga urindi. U Baydenni o‘ldirmoqchi bo‘lganmi?
Olam
−
24 may 2023
6523Vashingtondagi Oq uy yaqinida 19 yoshli yigit yuk mashinasida to‘siqqa borib urildi. U AQSH Prezidenti, Vitse-prezidenti va ularning oila a’zolarini o‘ldirmoqchi, hokimiyatni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganlikda ayblanmoqda. Bu haqda NBC xabar berdi.
Shu yilning 22 may kuni 19 yoshli yigit Sai Varshit Kandula ijaraga olgan yuk mashinasida Oq uy yaqinidagi yo‘lakka chiqib ketgan va bino shimolidagi metall panjaraga borib urilgan. Keyin politsiya xodimlari uni hibsga olgan. Yigitning yonidan fashistlar Germaniyasi bayrog‘i topilgan.
Kandulaning o‘zi Prezidentga suiqasd qilmoqchi bo‘lganini aytib o‘tgan. U mazkur hujumni olti oy davomida rejalashtirganini ma’lum qilgan.
Hodisa oqibatida xavfsizlik va Oq uy xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.
Kandula Prezidentni o‘ldirmoqchi bo‘lganlikda, shuningdek, xavfli qurol bilan hujum qilish, ehtiyotsizlik bilan haydash, federal mulkka zarar yetkazish va qo‘riqlanadigan hududga noqonuniy kirishda ayblanmoqda. Uning ishini tergov qilishda AQSH Maxfiy xizmati va Federal qidiruv byurosi ishtirok etmoqda. Kecha, 23 may kuni uning uyida tintuvlar o‘tkazilgan.
LiveBarchasi