Psixotrop moddalar savdosi boshida tibbiyot xodimlarining o‘zi turibdimi?
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
4988Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya illati xodimni ishga qabul qilishdan boshlab, moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minoti kabi yo‘nalishlargacha singib ketgan. Bu haqda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishda aytib o‘tdi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri ma’lum qilmoqda.
“Tizimdagi yana bir ayanchli holat – tibbiyot xodimlarining psixotrop moddalar noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishidir.
O‘tgan davrda 19 nafar xodim bunday ishga qo‘l urganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, ularning 12 nafarini hamshiralar, 7 nafarini shifokorlar tashkil etdi”, deydi Bosh prokuror Yo‘ldoshev.
Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan aniqlanayotgan moliyaviy qonunbuzarliklar ham yildan-yilga ortmoqda.
LiveBarchasi