19 nafar nogironni o‘ldirgan yapon oliy jazoga hukm qilindi

Olam

image

2016 yilda Yaponiyaning Sagamixara shahrida aqliy imkoniyati cheklangan nogironlar uyiga hujum qilib, 19 kishini pichoqlab o‘ldirgan yaponiyalik Satosi Uematsu o‘lim jazosiga hukm qilindi. Iokogama okrug sudi shunday qaror qabul qildi.

30 yoshli erkak birinchi sud eshituvida to‘polon qilib, og‘ziga bir narsa solmoqchi bo‘lgan. Ammo nazoratchilar uni to‘xatgan. 

Ma’lumot uchun, Satosi Uematsu 2016 yil 26 iyulga o‘tar kechasi Tokio yaqinidagi Sagamixara shahrida joylashgan nogironlar uyida qirg‘in uyushtirgan. O‘sha vaqtda pansionatda sakkizta xodim, bitta qo‘riqchi va 100 dan ortiq 18 yoshdan 75 yoshgacha nogironlar bo‘lgan. Hujum natijasida 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 20 kishi og‘ir jarohatlangan.

Hujumdan so‘ng jinoyatchi o‘zining “Twitter”ida butun dunyoga tinchlik tilagan. So‘ngra hukumatga taslim bo‘lgan. Uematsu tergovchilarga “ko‘pgina kasalliklardan qiynalayotgan og‘ir bemorlarni qutqarganini” aytgan. Shuningdek, u hujumda halok bo‘lgan kishilarning qarindoshlaridan uzr so‘ragan.

Satosi Uematsu 2012 yil dekabrdan 2016 yil fevralgacha ushbu nogironlar uyida mehnat qilgan. U narkotik modda iste’mol qilgani ham aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Yaponiya

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing