19 iyun kuni O‘zbekistondan Turkiyaga charter reys amalga oshiriladi

Jamiyat

image

Ertaga, 19 iyun kuni 

Toshkent — Istanbul — Toshkent;
Toshkent — Moskva — Toshkent;
Toshkent — Istanbul — Toshkent
charter reyslari tashkil etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar kiritiladi. Shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar ham charter reys bilan parvoz qilishlari mumkin bo‘ladi.

“Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda. 

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya charter reys

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing