1700 ga yaqin o‘qituvchi har oy 5 million so‘mlik ustama oladi (ro‘yxat)
Jamiyat
−
30 mart 2023
11223Prezident Shavkatt Mirziyoyev tashabbusi bilan maktab ta’limi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan 5 million so‘mlik ustamaga ega chiqdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur o‘qituvchilar joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama oladi.
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlarida 5 000 dan ortiq nomzodlari berilgan usozlar 2 bosqichda sinov jarayonlarida qatnashgan.
Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tgan. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari o‘tkazilgan.
Ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlar kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritgan.
“To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo‘la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi”, deydi vazir.
G‘olib bo‘lgan va ustama ajratilgan o‘qituvchilar ro‘yxatini vazirlik saytidan pdf formatda yuklab olishingiz mumkin.
LiveBarchasi