17 yoshli jangchi UFC'da debyut qiladi

Sport

image

Joriy yilning 10 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 282 turnirida amerikalik jangchi Raul Rosas (6-0) 29 yoshli amerikalik Jey Perrin (10-6) bilan to‘qnash keladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Rosas UFC tarixidagi eng yosh jangchiga aylandi. Dana Uaytning da’vogarlar seriyasida u 25 yoshli Mando Gutiyerrezni (7-2) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi. 2022 yilda Rosas Gutiyerrez bilan to‘qnashuvdan tashqari to‘rtta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan oldin g‘alaba qozondi. 

Rosasning raqibi Perrin esa ikki jangdan buyon mag‘lub bo‘lmoqda. O‘zining so‘nggi jangida Perrin UFC 278 turnirida hakamlarning qaroriga ko‘ra Kileng Aori (24:9)ga yutqazdi. Jang 20 avgust kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 282 promoushenining markaziy jangida chexiyalik Irji Proxazka braziliyalik Glover Teysheyraga qarshi oktagonga chiqadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing