17 yoshida Suriyaga ketgan o‘zbekistonlik yigit o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
12 aprel 2024
1687417 yoshida yashirin yo‘llar orqali Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Sirojiddin Shokirov jang maydonida o‘ldirilgan. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirojiddin Laziz o‘g‘li Shokirov 1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2014 yilda Suriya davlatidagi terrorchilar safiga qo‘shiladi. 2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Shokirov 17 yoshga to‘lib-to‘lmay O‘zbekistonni tark etib, Qozog‘iston Respublikasi orqali Turkiyaga boradi va u yerdan ekstremistik oqim yordamida yashirin yo‘llar bilan Suriya davlatiga o‘tib, ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotiga birlashib, uning tarkibida buzg‘unchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘taydi.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Shokirov jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan va unga nisbatan qo‘llanilgan qidiruv e’loni to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 aprel kuni terrorchi guruhlarni moliyalashtirib kelayotgan o‘zbekistonlik qidiruvga berilgan edi.
LiveBarchasi