17 noyabr – Koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlanganiga 1 yil to‘ldi
Olam
−
17 noyabr 2020
9413Bir yil oldin xuddi shu kuni, ya’ni, 2019 yilning 17 noyabr sanasida dunyo bo‘yicha ilk marotaba yangi turdagi koronavirus COVID-19 bilan kasallangan birinchi bemor rasman aniqlangandi.
Holat Xitoyning Xubey provinsiyasida qayd etilgan. Shu kundan boshlab koronavirus epidemiyasi tezlik bilan dunyoning ko‘plab davlatlariga tarqaldi.
2020 yilning 11 mart kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus dunyoni tutib, pandemiyaga aylanganini e’lon qildi.
Koronavirus pandemiya deb e’lon qilingan kundan 4 kun o‘tib, ya’ni, 15 mart kuni O‘zbekistonda ham COVID-19 ga chalingan birinchi bemor aniqlandi.
Hozirga kelib dunyo bo‘ylab 55 mlndan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. Kasallik asoratlari tufayli 1,3 mlndan ortiq kishi vafot etdi. 38 mingdan ko‘p bemor esa kasallikni ortda qoldirgan.
AQSH (11 million 538 ming 280 ta), Hindiston (8 million 874 ming 290 ta), Braziliya (5 million 876 ming 740 ta) koronavirus aniqlanganlar soni bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda bormoqda.
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlar soni 17 noyabr soat 14:00 ga holatiga ko‘ra, 70 ming 509 nafarni tashkil etmoqda. Shu jumladan, 67 ming 734 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 600 ga yaqin bemor vafot etgan.
LiveBarchasi