16 yilda kamida 14 ming bola zo‘rlangan – UNICEF bolalar bo‘yicha ayanchli hisobot taqdim etdi
Olam
−
29 iyun 2022
71782005-2020 yillar davomida dunyoda Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasining 30 ta davlatida qurolli qarama-qarshiliklarda yashayotgan bolalar huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi bilan bog‘liq 250 mingta holat aniqlangan. Bu har kuni 70 dan ortiq qoidabuzarliklar deganidir. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning yangi hisobotida aytiladi.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, bolalar hamon zamonaviy qurolli to‘qnashuvlarning asosiy qurbonlari bo‘lib qolmoqda: ular askarlikka jalb qilinadi, bombardimon va o‘q otish natijasida halok bo‘ladi, minalarda portlatiladi.
Bolalar ekspluatatsiya qilinadi, jinsiy qul sifatida foydalaniladi va terroristik hujumlarda ishtirok etadi. Shifoxona va maktablarga qilingan hujumlar tufayli bolalar o‘qish va davolanish imkoniyatidan mahrum. Ular o‘z uylarini tark etishga va xavfsiz boshpana izlashga majbur bo‘lishadi, lekin ular har doim ham natijaga erisha olmaydi.
UNICEF’ning yangi hisobotida 2005 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda 104 100 dan ortiq bola mojarolarda halok bo‘lgani yoki jarohat olgani aytiladi. 93 mingdan ortiq bolalar askarlikka jalb qilingan. Qurolli mojarolar ishtirokchilari tomonidan kamida 25 700 nafar bola o‘g‘irlab ketilgan, kamida 14 200 nafar bola zo‘rlangan, nikohga majburlangan, jinsiy ekspluatatsiya qilingan va jinsiy zo‘ravonlikning boshqa og‘ir shakllarini boshdan kechirgan. BMT maktab va shifoxonalarga 13 900 dan ortiq hujum uyushtirilganini tasdiqlamoqda.
"Har kuni mojaro zonalarida yashovchi qizlar va o‘g‘il bolalar so‘zlab bo‘lmaydigan dahshatlarni boshdan kechirishadi", deydi favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish bo‘yicha katta maslahatchi Tasha Gill Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.
Uning aytishicha, 2005 yildan 2020 yilgacha Tashkilot mojarolardan jabrlangan 30 ta mamlakat va hududlarda bolalar huquqlarining jiddiy buzilishi haqidagi jami 250 000 dan ortiq xabarlarni tekshirgan.
"Gap hayratlanarli raqam haqida ketmoqda – bolalar huquqlarining jiddiy buzilishi kuniga 71 marta sodir bo‘ladi", deydi u.
Hisobotda so‘nggi 16 yil ichida ziddiyatli vaziyatlarda bolalar huquqlarining jiddiy buzilishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bular da’vo qilingan suiiste’molliklarning faqat ba’zilari, chunki ma’lumot to‘plash va hisobotlarni tekshirishga ko‘pincha xavfsizlikning yo‘qligi, shuningdek, zo‘ravonlikni boshdan kechirgan bolalar va oilalarning uyat, og‘riq va qo‘rquv tufayli bu haqida gapirmasligi to‘sqinlik qiladi.
UNICEF katta maslahatchisi Afg‘oniston, Isroil va Falastin davlati, Suriya, Yaman va Somaliga ko‘rib chiqilayotgan davrda bolalar o‘limi va jarohatlari tasdiqlangan holatlarning 82 foizi to‘g‘ri kelganini ta’kidladi.
LiveBarchasi