16 yoshli Yamal yangi rekord sohibiga aylandi
Sport
−
20 Sentabr 2023
3744Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal 16 yoshida Yevropa Chempionlar ligasi( YeCHL)da debyut qilib, “Barselona” safida rekord o‘rnatdi.
Yarim himoyachi “Antverpen” bilan o‘yinning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Shunday qilib Yamal “ko‘k-anorranglilar” safida YeCHLda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynagan eng yosh futbolchi esa Dortmundning “Borussiya” klubi a’zosi Yusuf Mukoko hisoblanadi. Nemis fitbolchisi 16 yoshu 18 kunligida ko‘hna qit’aning eng nufuzli turnirida maydonga tushgan. Yamal esa 16 yoshu 68 kunligida YeCHL o‘yinida ishtirok etdi.
Yevropa Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Barselona”-“Antperven” bahsida 5:0 hisobi qayd etildi. Mezbonlarning gollariga Joau Felish, Robert Levandovski va Gavi mualliflik qildi.