16 yoshli xasta bola Samsung va Microsoft saytini buzgan xakerlar guruhi rahbari bo‘lib chiqdi

Texnologiya

image

Londonlik o‘smir Microsoft, Okta, Nvidia, Ubisoft, Samsung va Vodafone kabi yirik texnologiya kompaniyalarini buzish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan Lapsus$ xakerlar guruhi rahbari bo‘lib chiqdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

“White” va “Breachbase” taxalluslari bilan mashhur bo‘lgan 16 yoshli yigitning ismi, manzili, fotosuratlari va tarjimai holi xakerlar veb-saytida e’lon qilingan. Uning boyligi 14 million dollarga baholangan.

Lapsus$ nisbatan yangi xakerlik guruhi, lekin yirik kompaniyalarga muvaffaqiyatli hujumlar uyushtirganidan so‘ng eng ko‘p muhokama qilinadigan va qo‘rqinchli kiberjinoyatchilar to‘dalaridan biriga aylandi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, xakerlik guruhini tergov qilish davomida 16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yetti kishi hibsga olingan. Ularning barchasi keyinroq qo‘yib yuborilgan.

O‘smirning ota-onasi BBC’ga o‘g‘lining mashg‘ulotlari haqida hech narsa bilmasligini, ammo endi unga kompyuterdan foydalanishni taqiqlashini aytdi. Shuningdek, o‘smir autizmdan aziyat chekayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

kiberjinoyat

Baholaganlar

2833

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing