16 yoshli “Barselona” a’zosi YeCHL tarixiga kirdi
Sport
−
14 dekabr 2023
3279“Barselona”ning 16 yoshli vingeri Lamin Yamal Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) guruh bosqichining 6-turida “Antverpen”ga qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirib, turnirda assist qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “Squawka” xabar berdi.
O‘yinning 35-daqiqasida Yamal hujumchi Ferran Torresga aniq uzatma berdi va Torres gol urib hisobdagi muvozanatni tikladi. Torresning goligacha Belgiya klubi “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratayotgandi. Yakunda kataloniyaliklar mezbonlarga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga guruhda 1-o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum Kataloniya klubi safida umumiy 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Yamalning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi