16 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib, vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Nijniy Novgorod, Samara va Ulyanovsk viloyatlarida qo‘lbola alkogoldan zaharlanish oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot organlari xabar berdi.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holatga Samarada ishlab chiqarilgan “Mister Cidr” ichimliklari sabab bo‘lgan. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ushbu mahsulotlarni sotuvdan olib tashlashni buyurdi. 

Ulyanovsk viloyatida 16 kishi halok bo‘ldi. Viloyat rahbari Aleksey Russkixning aytishicha, viloyatda jami 40 kishi zaharlangan. Dimitrovgrad shahri rahbari Andrey Bolshakov qurbonlar soni 28 nafarga yetganini ma’lum qildi. 

Samara viloyatining Novokuybishevsk shahrida ikki ayol ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Keyinroq viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati yetti kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. 

Federatsiya tarkibiga kiruvchi Udmurtiya Respublikasida ikkita zaharlanish holati qayd etilgan. Zararlangan olgan erkak va ayolning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 

Birinchi jabrlanganlar 3-5 iyun kunlari yordam so‘ragan – ular “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Zaharlanishning birinchi holatlari Nijniy Novgorod viloyatida qayd etilgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlanganlarning barchasi Samaraning Krasnoglinskiy tumanidan kelgan tadbirkor tomonidan yetkazib berilgan “Mister sidr” ichimligini iste’mol qilgan.
 
Ulyanovsk gubernatori favqulodda holatga sabab bo‘lgan alkogolli ichimliklar tarkibida metanol moddasi topilganini ma’lum qildi. 

Holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar mahsulot yetkazib bergan yakka tartibdagi tadbirkorni qo‘lga oldi. Ichimlik ishlab chiqarilayotgan korxonada tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Politsiya Ulyanovsk viloyatida 6 ming litrga yaqin “Mister sidr” ichimligini musodara qildi. Qo‘lga olingan mahsulotlarni fizik-kimyoviy o‘rganish belgilandi. IIV viloyat boshqarmasida ta’kidlanganidek, 31 may va 1 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan so‘nggi xaridlar chog‘ida faqat sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan yo‘l varaqalari spirtli ichimliklar uchun o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing