15 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 15 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mukin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq kunduzi 1-3° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublkasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing