143 ming kartadan bino qurgan o‘smir Ginnesga kirdi

Bu qiziq

image

Hindistonlik 15 yoshli o‘smir dunyodagi eng katta kartalardan yasalgan inshootning muallifiga aylandi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Mir24” nashri xabar berdi. 

U o‘z ona shahri – Kalkuttada joylashgan bir nechta mashhur binolarning maketini yasadi. Jumladan, u Yozuvchilar uyi, Shahid Minor, Solt-Leyk stadioni va Avliyo Pavel soborini qurdi. Buning uchun unga 143 ming karta kerak bo‘ldi. Eng ahamiyatlisi u bironta kartani birlashtirish uchun yelimdan foydalanmagan. 

Yigitning ismi – Arnav Dag. U yasagan kartalar majmuasining uzunligi 12,21 metr, kengligi 5,08 metr va balandligi esa 3,47 metrni tashkil etadi. Arnav ushbu ijod mahsulini yakunlash uchun 41 kun sarfladi. Bu orada u maktabga ham borishga ulgurgan. 

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z ishiga munosib joy topishda qiynalgan. Shuningdek, jarayon ham oson kechmagan. Shahid Minor butunlay, Avliyo Pavel sobori esa qisman qulab tushgan.

O‘smir o‘yin kartalaridan yasalgan eng katta majmuani qurgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Ma’lumot uchun, avvalgi rekord amerikalik Brayan Bergga tegishli edi. U uchta Makao mehmonxonasining maketini qurgan. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, ularning uzunligi – 10,39 metr, kengligi – 3,54 metr, balandligi esa 2,88 metrni tashkil qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Chili poytaxti Santyagoda joriy yilning 27 may kuni uch mingdan ortiq odam velosiped shaklini yasab, Ginnes rekordlar kitobiga kirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes bino karta maket

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing