14 yil oldin yopilgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegara punkti ochiladi (foto)
Jamiyat
−
06 Sentabr
7544Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punkti ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Turmush.kz” xabar berdi.
Prezident Sadir Japarovning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevga ko‘ra, mazkur punkt foydalanishga topshirilsa, “Do‘stlik avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktida yuklanish kamayadi.
Rekonstruksiya ishlari doirasida “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punktigacha bo‘lgan yo‘llar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib o‘tadi.
Bundan tashqari, Elchibek Jantayev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Intimak” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida tiklanayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirgan. “Qorasuv” nazorat-o‘tkazish punkti 14 yil oldin, “Intimak” nazorat-o‘tkazish punkti esa 2004 yildan beri yopiq edi.
LiveBarchasi