14 yoshli bola sodir etgan YTHda tengdoshi halok bo‘ldi. Ota o‘g‘liga qonuniy jazo so‘ramoqda

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida ota-onasidan beruxsat uydagi Tracker’ni haydab chiqqan 14 yoshli bola yo‘l-transport hodisasini sodir qildi. Oqibatda unga tengdosh bo‘lgan bola vafot etgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 15 dekabr kuni tungi soat 23:30 larda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M37 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yo‘lning Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Dahbet” mahallasidan o‘tuvchi qismida Buxoro-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Tracker rusumli avtomobil haydovchisining tajribasizligi oqibatida yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda unga tengdosh bo‘lgan bir nafar bola vafot etgan.

“Kechasi soat taxminan, 19:00 lar edi. Oyim namoz o‘qiyotgan vaqtda mashinani olib chiqdim. Uydagilarning xabari yo‘q edi. Keyin o‘rtoqlarimga “men yo‘lga chiqdim” deb telefon qildim. Keyin ular chiqishdi. Bir o‘rtog‘im o‘zining tanishi bilan chiqqan ekan, uni ham o‘zimiz bilan oldik. Qaytishda yo‘limdan Spark chiqib qoldi, signal chalsam ham to‘xtamadi. Keyin u mashinani urib olmaslik uchun aylanib o‘tmoqchi edim. Qolgani yodimda yo‘q. Esimda qolgani o‘rtog‘imning tanishini shifoxonaga olib borganimizda uning vafot etgani haqida aytishdi, - deydi rulda bo‘lgan 14 yoshli bola.

Shuningek, ushbu voqega yana bir sabab sifatida ushbu xalqaro yo‘lda rekonstruksiya ishlari ketayotgani, yo‘l sifatining yaxshi emasligi, hattoki yoritish chiroqlarining ham o‘rnatilmagani keltirilmoqda. 

Oqdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimining aytishicha, rekonstruksiya ishlari 2021 yilda to‘liq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Yo‘lda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hozirda to‘xtatib qo‘yilgan.

14 yoshli “haydovchi”ning otasi o‘g‘lini oqlamasligini aytib, qonunda qanday chora bo‘lsa, ko‘rilishini, bunga ota sifatida rozi ekanini ta’kidladi.

“Haqiqatan menga telefon qilib, avtomobilni haydayveraymi, deb so‘radi. Men mashinaga yaqinlashma, dedim. Onasi namoz o‘qiyotganidan foydalanib, avtomobilni haydab chiqibdi. Ota sifatida men roziman, qonunda nima chora ko‘rsatilgan bo‘lsa, javobini bersin. Qulloq solmaydigan bolani men oqlamoqchi emasman.  14 yoshli bola, uni nafaqat avtomobil haydash balki, rulga o‘tirishga ham haqqi yo‘q”, deydi ota.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing