14 ta hududdagi gaz ta’minoti ob’ekti xususiy sektorga topshiriladi

Jamiyat

image

Gaz ta’minoti xususiy boshqaruvchilar qo‘liga beriladigan 14 ta hududdagi tuman va shaharlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gaz sotish vazifalarini amalga oshirish uchun gaz ta’minoti ob’ektlarini xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan.

Qaror bilan quyidagilar:

•  gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshiriladigan tuman (shahar) gaz ta’minoti bo‘limlariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’ektlarining ro‘yxati;

•  gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gaz sotish vazifalarini amalga oshirish uchun gaz ta’minoti ob’ektlarini xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshirish tartibi haqidagi nizom;

•  gaz taqsimlash tarmoqlarini ishlatish va tabiiy gazni ist’emolchilarga sotish vazifalarini bajarish uchun gaz ta’minoti ob’ektlarini ishlatish va joriy texnik xizmat ko‘rsatish vazifasi topshirilayotgan xususiy operatorlarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi.

Shuningdek, xususiy operatorlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:

•  gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlarga ishonchli boshqarishga topshiriladigan tuman (shahar) gaz ta’minoti bo‘limlariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’ektlarini tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq belgilash;

•  tanlov o‘tkazish maqsadida xususiy operatorlarga sotilgan tabiiy gaz qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan vositachilik mukofotining boshlang‘ich miqdorini belgilash.

Gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlar ishonchli boshqaruviga topshiriladigan gaz ta’minoti tuman (shahar) бўлимларига yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’ektlarining
RO‘YXATI


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

346

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing