14 ta hududda gaz va “svet”ni ulgurji sotib olish va sotish xususiy operatorga beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘n to‘rtta shahar va tumanda, aholi uchun belgilanadigan tariflarni oshirmagan holda tabiiy gaz va elektr energiyasini ulgurji xarid qilish va sotish funksiyasini xususiy operatorga beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJning magistral tarmoqlarini to‘liq davlat ixtiyorida saqlab qolishni nazarda tutgan holda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023 yil yakuniga qadar, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2024 yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritilishi, moliyaviy intizomga qat’iy rioya etgan holda mustaqil ravishda xalqaro banklar va kapital bozoridan mablag‘ jalb etishga erishilishini ta’minlaydi

Shuingdek, Hukumat xalqaro moliya institutlari va konsultantlar xulosalari asosida 2022 yil 1 sentyabrga qadar “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatini takomillashtirish, jumladan, ularning operatsion samaradorligini oshirish, sohaga xususiy sektorni jalb qilish, bunda tajriba tariqasida, dastlab o‘n to‘rtta shahar va tumanda, aholi uchun belgilanadigan tariflarni oshirmagan holda tabiiy gaz va elektr energiyasini ulgurji xarid qilish va sotish funksiyasini xususiy operatorga berish bo‘yicha qaror qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing