14 kunlik karantinga olinganlar qay holatda saqlanmoqda?

Jamiyat

image

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda. 

“14 kunlik karantinga olingan bemorlarga davlat tomonidan zarur yordamlar berilmoqda. Ular har kuni 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan”, dedi Bahrom Almatov.

Bundan tashqari, bemorlarning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun yetarli shart-sharoitlar amalga oshirilgan. Shuningdek, barcha zarur tibbiy xizmatlar o‘z vaqtida olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bugunga kelib O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 60 foizi sog‘ayib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 22 mart kungi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

563

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing