13 mart kuni O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarning epidemiologik osoyishtaligini saqlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbuslariga ko‘ra o‘tkazilishi tavsiya etildi.

Hashardan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

hashar

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing