13 kishini mehmon qilgan Norvegiya Bosh vaziriga nisbatan surishtiruv boshlandi

Olam

image

Norvegiya politsiyasi mamlakat Bosh vaziri Erna Sulbergga nisbatan tekshiruv boshladi. Hukumat rahbari mamlakatdagi koronavirusga qarshi kurash uchun o‘rnatilgan cheklovlarni buzishda gumonlanyapti.

Fevral oyi oxirida Sulberg 60 yoshga to‘lishini qarindoshlari bilan chang‘i kurortida ikki kun nishonlagan. Birinchi kunda uning ziyofatiga 13 kishi yig‘ilgan, ammo Bosh vazirning o‘zi shifokor qabulida bo‘lgan. Ikkinchi kuni u va uning mehmonlari ijaraga olingan kvartirada bazmni davom ettirgan.

Qayd etish kerakki, hozirda Norvegiyada 10 kishidan ortiq odam bo‘lib bir joyda to‘planish taqiqlangan.

Sulbergning o‘zi hodisa uchun kechirim so‘ragan, qoidalarga diqqat bilan amal qilmaganini ta’kidlagan hamda cheklovlar bir oila vakillariga ham tatbiq etilishini bilmay qolganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Norvegiya Erna Sul'berg

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing