12 yoshdan katta bolalarning ixtiyoriy ravishda emlanishiga ruxsat berildi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda endilikda 12 yoshdan katta bolalar ham COVID-19'ga qarshi ixtiyoriy ravishda emlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12 yoshdan katta bolalarning Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishiga ruxsat berilgan. Chunki ushbu vaksinaning 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovi natijalari mazkur vaksina yuqori darajada samarador va xavfsizligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham 12 yoshdan yuqori bolalar va o‘smirlarning Pfizer vaksinasi bilan emlanishini tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, hozirgacha mamlakatda jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanilgan. To‘liq emlanganlar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing