12 ballik jarima “sohiblari” 107 nafarga yetdi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilarning soni 107 nafarga yetdi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilar sud tartibida haydovchilik huquqidan mahrum etiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan kamida 6 oyga mahrum qilinishi belgilab qo‘yilgan.
 
Amaldagi tartibga ko‘ra, haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar o‘quv tashkilotlarida tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturining (nazariy va amaliy) to‘liq kursi bo‘yicha o‘qishlari lozim. Shu bilan birga, tartib bo‘yicha nazariy imtihonda 50 ta savoldan 46 tasiga to‘g‘ri javob berishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan haydovchilar soni 49 nafarni tashkil qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yo'l harakati xavfsizligi jarima ballari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing