Jizzaxda bolani urib yuborishiga bir baxya qolgan Gentra haydovchisi jazolandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Forish tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishiga bir baxya qoldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan mazkur holat joriy yilning 10-sentyabr kuni Forish tumanining markaziy ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchi aniqlangan.

Videoda Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolaga juda yaqin masofada harakatlangani aks etgan. Yuqori sinfda tahsil oluvchi boshqa bir o‘quvchi bolaning qo‘lidan ushlab, uni xavfsiz hududga olib o‘tgan. Aks holda, og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berishi mumkin edi.

Haydovchi YPX xodimlariga ukasini kasalxonaga olib ketayotganini aytib, qilgan ishidan afsusdaligini bildirgan.

“Birdan chiqib qoldi. Orqada mashina ham bor edi, piyodalar o‘tish joyiga yetmasdan”, degan haydovchi.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-prim 5-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan avariyaviy holat yuzaga kelishini sabab bo‘lgan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida 15 yashar maktab o‘quvchisi VAZ-2107 avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagani haqida xabar berilgan edi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing