110 kundan so‘ng... Slovakiya pandemiyaning yuqori cho‘qqiga chiqishini kutmoqda

Olam

image

Slovakiyada koronavirus bilan kasallanish holatining eng yuqori cho‘qqisi 110 kundan keyin kuzatiladi. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Marek Krajich bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

“COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha ilgari qabul qilingan va rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida, respublikada ushbu kasallikning eng yuqori cho‘qqisi 110 kundan keyin paydo bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha paytda 1 mingga yaqin odam o‘pkaga sun’iy havo yuborish uskunasiga muhtoj bo‘ladi. 7 mingga yaqin odam esa virus bilan kasallanishning jiddiy belgilari bilan kasalxonaga yotqiziladi”, dedi vazir.

31 mart holatiga ko‘ra, Slovakiyada koronavirus bilan kasallangan 336 bemor ro‘yxatga olingan. Bir nafar bemor vafot etgan.

"Hozirda bemor nima sababdan vafot etganini aniqlab olish kerak", dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Zuzana Eliashova. Kraychi va Eliashovaning chiqishlari mamlakatdagi tarmoq telekanallarida namoyish etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Slovakiya

Baholaganlar

287

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made