11 yoshli bola IQ testida Eynshteynni ortda qoldirib, eng yuqori natija qayd etdi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyada Adrian Li ismli 11 yoshli bola aqliy qobiliyat darajasi (IQ) bo‘yicha Stiven Xoking va Albert Eynshteynni ortda qoldirib, dunyo bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, umume’tirof etilgan daholar aqliy qobiliyat darajasi bo‘yicha 160 ball, Adrian Li esa 162 ball to‘plagan. 

Bolaning onasi aytishicha, uning farzandi ikki yoshidanoq o‘qishni boshlagan. 

“Adrian hatto sakkiz yoshida romanlar yozishni boshlagan. Hozirda u o‘smirlar uchun Qadimgi Rim haqida roman yozmoqda, umid qilamanki, u shu yilning kuziga qadar nashr etiladi”, deydi Lining onasi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Adrian boshlang‘ich maktabda bir nechta akademik mukofotlarga sazovor bo‘lgan hamda test va imtihonlarni yaxshi ko‘radi.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, sentyabr oyida bola Barnetdagi Qirolicha Yelizaveta maktabiga o‘qishga kirmoqchi va u yerda xuddi shunday iste’dodli bolalar bilan uchrashishiga umid qilmoqda.

“Avvaliga men Mensa IQ jamiyatiga qo‘shilish uchun 148 ball olish haqida o‘yladim. Men hech qachon Eynshteyndagi 160 ga yaqinlasha olaman deb o‘ylamagan edim. Bu men uchun juda hayratlanarli va hissiyotli edi. Balki bir kun kelib men o‘z orzuyimni – kardiolog bo‘lish, Kembrijda diplom olish va dunyodagi eng yaxshi shifokor bo‘lishni ro‘yobga chiqararman”, deydi bolaning o‘zi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Al'bert Eynshteyn IQ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing