11 turdagi jinoyat dekriminalizatsiya qilinadi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura tomonidan muhokamaga qo‘yilgan yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasiga ko‘ra, 11 turdagi jinoyatlar dekriminalizatsiya qilinmoqda.

Dekriminalizatsiya qilinayotgan ba’zi jinoyatlar uchun javobgarlik butunlay bekor qilinsa, ba’zilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bilan tartibga solinadi. Dekriminalizatsiya qilinayotgan jinoyatlar:

•    raqobatchini obro‘sizlantirish;
•    raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
•    savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;
•    soxta tadbirkorlik;
•    jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik;
•    diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
•    harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash;
•    diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish.

Avvalroq, oqibati o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari ham og‘ir jinoyat deb tasniflanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat kodeksi Dekriminalizatsiya

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing