11 nafar Prezident xizmatida bo‘lgan Uilson Jerman koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

AQSHning 11 nafar Prezidentida xizmat qilgan Oq uy xizmatchisi Uilson Ruzvelt Jerman koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.

U Oq uyda 1957 yildan beri ishlab kelayotgan edi. Ruzvelt Jerman ilk bor amerikalik Prezident Duayt Eyzenxauerga tozalovchi bo‘lib ishga kirgan edi.

U Prezident Barak Obama davrida nafaqaga chiqqandi.

"U AQSHdagi birinchi oilalarning a’zolari Oq uyda o‘zlarini xuddiy o‘z uylaridagidek his qilishlari uchun barcha ishni qildi. Jumladan, bizning oilamizga ham", deb yozdi AQSHning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Twitter’da.

Shuningdek, Klinton sobiq xizmatchining vafotidan afsusda ekanligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Prezident

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing