11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi aniqlandi
3-sahifa
−
27 avgust
3130Joriy yilning iyun-iyul oylarida jami 11 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:
- O‘zyo‘lko‘prik klasterining Jizzax filiali davlat muassasasining 2,9 mlrd so‘mlik;
- Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabining 885,9 mln so‘mlik;
- Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligining 605 mln so‘mlik;
- Toshkent tumani tibbiyot birlashmasining 551,9 mln so‘mlik;
- Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qurilish ta’mirlash guruhi” DUKning 520 mln so‘mlik;
- Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 500 mln so‘mlik;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining 407 mln so‘mlik;
- Qumqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 275,5 mln so‘mlik;
- Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 200 mln so‘mlik;
- Respublika O‘lat karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qashqadaryo filialining 190 mln so‘mlik;
- Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi davlat muassasasining 169,1 mln so‘mlik;
- Narpay tumani obodonlashtirish boshqarmasining 82 mln so‘mlik;
- Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 76,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida.
Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan:
- “Oqoltin don mahsulotlari” AJning 3 mlrd so‘mlik;
- Toshkent viloyati Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining 403 mln so‘mlik davlat xaridlarida.
Bundan tashqari, Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazining 269 mln so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi.
Agentlik taqdimnomalariga asosan xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlangan, shu tariqa qayd etilgan davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olingan.
Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ Davlat xaridlari portali orqali amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlangandi.
LiveBarchasi