101 yoshli ayol koronavirus bilan kurashda g‘olib keldi
Olam
−
01 aprel 2020
6937Niderlandiyada koronavirusga chalingan 101 yoshli ayol undan tuzaldi. U mamlakatning Janubiy Gollandiya provinsiyasidagi shifoxonada davolanayotgan edi. Bu haqda mahalliy “NL Times” nashri xabar bermoqda.
“U jasur ayol. U sog‘ayishga ijtimoiy qoidalarga amal qilish orqali erishdi. Buni ko‘rish qanday yoqimli”, dedi shifoxona pulmonologi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shifokorlar ayolning tuzalib ketganini eshitib, juda xursand bo‘lishgan.
Kecha, 31 mart kuni Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakatda joriy etilgan cheklovlar 28 aprelga qadar uzaytirilishini ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirusga 12 595 nafar odam chalindi. 250 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1039 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi