100 yoshli urush faxriysi COVID-19 dan vafot etdi. Uning egizagi “Ispan grippi“ dan vafot etgan
Jamiyat
−
23 aprel 2020
10580Ikkinchi Jahon urushining yuz yillik faxriysi koronavirusdan vafot etdi. Uning egizak akasi 100 yil oldin “Ispan grippi“ pandemiyasi paytida vafot etgandi.
Filipp Kann Nyu-Yorkning Nassau okrugining eng keksa faxriysi edi. U 1919 yil 5 dekabrda “Ispan grippi“ pandemiyasi vaqtida tug‘ilgan. Bir hafta o‘tgach, uning egizak akasi Semyuel vafot etdi.
Faxriyning nabirasi Uorren Zismanning so‘zlariga ko‘ra, bobosi 1 asr oldingi pandemiyani eslab, tarix har doim takrorlanadi, deb ta’kidlagan. “Ispan grippi“ dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq odamning va AQSHda 675 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Filipp Kann havo kuchlarida muhandis va uchuvchi sifatida xizmat qilgan. Urushdan keyin u payvandchi bo‘lib ishlagan, 2001 yilda vayron bo‘lgan Jahon savdo markazining qurilishida ishtirok etgan.
Uorren Zismanning so‘zlariga ko‘ra, uning bobosi koronavirus haqidagi yangiliklarni doimiy ravishda kuzatib borgan. O‘limidan oldin Filippda nafas olish muammosi va yo‘tal alomatlari bo‘lgan. Uning oilasi test natijalari haqida faqat faxriyning vafotidan keyin bilib olishdi.
“Bobom o‘lgan akasi haqida tez-tez gapirar edi. Deyarli barcha bayram va tadbirlarda akasi Semyuel eslardi”, deydi Zisman.
Zismanning so‘zlariga ko‘ra, bobosi har doim katta harbiy marosim bilan katta dafn marosimini o‘tkazishni orzu qilgan. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli ular buni tashkil qila olmadilar. Ammo dafn marosimida ikkita harbiy xizmatchi, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushi paytida otasi dengiz piyoda bo‘lgan bir kishi qatnashdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 842 621 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 152 286 nafari sog‘aygan, 46 785 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 643 321 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi