100 ga yaqin odamni 1,6 mlrdga “uxlatgan” MCHJ fosh qilindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida 100 ga yaqin odamni 15 foizlik avtokredit berish bilan aldab, 1,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning oktyabr oyidan 2021 yilning aprel oyiga qadar Sh.C. o‘zining 4 nafar sherigi bilan “LID CAR” nomli MCHJ tashkil etib, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “AVTO CREDIT “LID CAR” OFFICIAL” nomli kanal orqali “3 yil muddatga 15 foizlik kredit” asosida 90 kun ichida avtomashina olib berishi haqida yolg‘on axborot tarqatib, fuqarolarni aldab, ularning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.

Mazkur uyushgan guruh dastlab faoliyatini Toshkent shahrida, so‘ng Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqarolarning jami 1,6 mlrd. so‘m pullarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.

Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi, 1990 y.t. Sh.S. tergovdan bo‘yin tovlab, javobgarlikdan qutilish maqsadida yashiringani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.

Joriy yil 8 iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021 yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan Sh.S. Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida xonadonlarda yashirinib kelayotgani aniqlanib, qo‘lga olingan va tergov organiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing