1 yarim soatlik muzokaralarda Tramp Putindan AQSHdagi saylovlarga aralashmaslikni so‘radi
Olam
−
28 iyun 2019
5027Yaponiyaning Osaka shahrida G20 sammiti oldidan jahonning ikki lideri Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Prezidentlarning muzokaralar jarayoni 1 yarim soatga cho‘zilgan. Ikkala tomon ham o‘zaro suhbatda butun dunyo mamlakatlari bilan aloqalarni har tomonlama yaxshilashga bo‘lgan haraktlarni yoqlashini ma’lum qilgan.
"Ular Ukraina, Eron, Venesuela va Suriyadagi muammoli vaziyatlarni muhokama qilishdi", deya ma’lumot berildi Oq uyning Twitter'dagi sahifasida.
Bundan tashqari Putin va Tramp qurollanishni umumiy nazorat qilishning zamonaviy modellari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘lishgan. Uchrashuvda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, yordamchi Yuriy Ushakov va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Anton Siluanov ishtirok etgan.
Muzokaralar vaqtida Trampga AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo, Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi Jon Bolton,maslahatchi Fiona Hill, Moliya vaziri Stiv Mnuchin va Oq uyning yangi matbuot kotibi Stefani Grisham hamrohlik qilgan.
Muzokaralar avvalida, jurnalistlar Prezident Donald Trampdan Putinning AQSHdagi saylovlar jarayoniga aralashmalikka chaqirishini so‘rashdi. Tramp buni ijobiy qabul qilgan holda, jurnalistlarning iltimosini bajardi. Har ikkala Prezident bu hazilni tabassum bilan qabul qilgani aytilmoqda.
LiveBarchasi