1 yanvar kuni O‘zbekiston aholi nechtaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
02 yanvar 2020
118652020 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati ( 137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Tug‘ilganlarning 4 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni soat 19:00 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 2019 yil 1 oktyabr holatida 33 million 724 ming 500 kishini tashkil etadi.
LiveBarchasi