O‘zbekistonda 50 yoshdan keyin ona bo‘lganlar soni qanchaligi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 40 yosh va undan katta bo‘lgan 6 mingdan ortiq ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatda jami 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.

Tug‘ilishlar onalarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda, 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarda 147 355 ta, 25–39 yoshdagi ayollarda 219 588 ta tug‘ilish qayd etilgan.

40 yosh va undan katta ayollar hissasiga esa 6 446 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan. Shundan 8 nafari 50 yosh va undan katta bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Shundan 355 111 nafari 25 yoshgacha bo‘lgan onalar, 512 034 nafari 25–39 yoshdagilar, 12 454 nafari esa 40 yosh va undan katta ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing