1 oyda 1 milliard. Tramp iqtisodiy inqirozga uchramoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampga qarashli aktivlarning umumiy qiymati koronavirus oqibatida taxminan 1 milliard dollarga kamayib, 2,1 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda “Forbes” jurnali yozmoqda.

Nashr xodimlari 1 mart kuni Amerika rahbarining boyligini 3,1 milliard dollardan oshganini hisoblab chiqdi. 18 martga kelib, 2,1 milliard dollarga tushib ketdi. Bunga asosiy sabab etib Trampga qarashli ko‘chmas mulk qiymatining pasayib ketgani ko‘rsatildi. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyalarning ulush narxi hozir tez o‘zgarmoqda. Shu sababli Qo‘shma Shtatlar rahbarining boyligi ham o‘zgarib boradi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning eng qimmatbaho aktivlaridan biri Nyu-York markazidagi tijorat ko‘chmas mulki, jumladan, ofislar uchun ijaraga berilgan hududlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Nyu-York aholisiga zarurat tug‘ilmasa, uylarini tark etmaslik buyurilgan. Shu sababli shaharda ishbilarmonlik faolligi sezilarli darajada pasaydi.

Maqolada yozilishicha, AQSH rahbari mamlakat bo‘ylab 500 ga yaqin turar-joy mulkiga ham egalik qiladi. Ularning umumiy qiymati 1 martdan 18 aprelgacha taxminan 235 million dollardan 148 million dollargacha kamaygan. Bundan tashqari, davlat rahbariga qarashli mehmonxonalar, dam olish maskanlari va golf maydonlarining narxi ham pastlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing